Toshkent havosi karantin tufayli tozalanadi - ekologlar

Karantin davrida 100 mingga yaqin transportlarning harakatlansa, qolgan 300 mingga yaqini vaqtinchalik yurishdan to‘xtasa, atmosfera chiqayotgan zaharli gazlar 75 foizga kamayadi.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislariga ko‘ra, 1-apreldan joriy etilgan karantin davrida 100 mingga yaqin transportlarning harakatlansa, qolgan 300 mingga yaqini vaqtinchalik yurishdan to‘xtasa, atmosfera chiqayotgan zaharli gazlar 75 foizga kamayadi.

Alisher Usmonov o‘zbekistonliklarga koronavirusga qarshi vaksina olib kelishga va’da berdi

Poytaxtda avtomobillar harakatlanishiga cheklov aprel oyida ham davom etadigan bo‘lsa oy so‘ngiga qadar avtoulovlardan atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar miqdori 32,5 ming tonnaga kamayishi kutilmoqda, deb qo‘shimcha qiladi Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari.

O‘zbekistondagi karantin qachon tugaydi >>>

Avval vaziyat qanday edi?

Joriy yil boshida Toshkent shahrida umumiy 460 441 dona transport vositalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan 396 012 tasi xususiy sektorlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu transportlar bir yilda o‘rtacha 400,0 ming tonna tashlanmalar bilan atmosfera havosini zaharlaydi. 

Shunday ekan, agar sizning ulovingizga DXA tomonidan ruhsatnoma berishmagan bo‘lsa hech ham siqilmang. Bu ham yaxshilikka albatta. Balki tabiatga ham biroz erkin nafas olishi uchun imkon berishimiz kerakdir. 

O‘zbekistonda koronavirus bilan bemorlanganlar soni 240 dan oshdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik bo‘yicha ilk holat 14-mart kuni Fransiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sog‘aydi, ikki nafari vafot etdi.

24 martdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati to‘xtatildi, poytaxtda karantin e’lon qilindi, sal keyinroq yana beshta shahar — Andijon, Buxoro, Guliston, Namangan va Samarqandda ham xuddi shu tartib joriy etildi.

Avtotransport cheklovlari butun O‘zbekiston uchunmi >>>

27 mart sanasidan mamlakatdagi viloyatlararo qatnov to‘xtatildi, 30-martdan 20-aprelga qadar shaxsiy avtomobillar va motosikllardan foydalanishga ta’qiq qo‘yildi.