"Taxiatosh" IESda 280 MVt quvvatdagi dastlabki bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi

Kuni kecha "Taxiatosh IES"da dastlabki bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirish  jarayoni amalga oshirilgan.  
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. "Taxiatosh" IESda ishlab chiqarish quvvatlari oshirilmoqda, deb xabar qiladi "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Taxiatosh IES qurilishini tezlashtirishni buyurdi

Xabarda ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash maqsadida bugun 3-aprel kuni “Taxiatosh IES”da 280 MVt quvvatdagi dastlabki bug‘-gaz qurilmasining ishga tushurish  jarayoni amalga oshirildi.  

"Ushbu yirik investitsion loyiha mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Taxiyatosh IESda  230-280 MVt quvvatga ega ikkita gaz-bug‘ qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bajarilmoqda", - deyiladi vazirlik xabarida.

Loyiha zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.