Senat raisi koronavirusga test topshirdi - javobi

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 14 taga oshib, 241 nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. O‘zbekiston Senat raisi Tanzila Norboyeva koronavirusga test topshirdi, deb xabar qilmoqda Koronavirus Info telegram kanali.

Mirziyoyev va Rahmon koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishdi

"Tanzila Norboyevadan tashqari senatorlar, shuningdek, Senat devoni xodimlari ham test topshirgan. Senatda koronavirus aniqlanmadi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 14 taga oshib, 241 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda COVID-19 bilan bemorlanganlik bo‘yicha ilk holat 14-mart kuni Fransiyadan qaytib kelgan toshkentlik ayolda aniqlangan edi. Mamlakatda shu vaqtga qadar bemorlarning 25 nafari sog‘aydi, ikkitasi vafot etdi.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi -  COVID-19 tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. 3 aprel soat 09.30 holatiga dunyoning 204 davlatida jami 1 015 877 nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 212 992 nafari sog‘aygan, 53 217 nafari vafot etgan, 37 654 nafar bemorlar og‘ir ahvolda qolmoqda.