O‘zbekistonda 1-apreldan "samoizolyatsiya" hayot tarzi joriy etiladi

Endilikda O‘zbekistonda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “o‘zini yakkalash” (samo izolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi.

Koronavirus pandemiyasi qachon pasayadi - Xitoy yetakchi epidemiologi prognozi

65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.

Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqalish xavfi juda yuqori. Mazkur jarayonda yakka tartibdagi xayriya aksiyalarini joriy yilning 1-aprelidan e’tiboran vaqtincha to‘xtatiladi.

Xayriya tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:

👉 Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi O‘zekspomarkaz Milliy ko‘rgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;

👉 Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘limlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi ma’lumotni hududiy tegishliligi bo‘yicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;

O‘zbekistondagi karantin qachon tugaydi?

👉 jismoniy va yuridik shaxslarning beg‘araz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi ko‘rikdan o‘tkazilib, karantin talablariga qa’tiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi;

👉 aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida bo‘lgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va ko‘ngilli (volontor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;

👉 ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka mentazam yetkazib boriladi.

❗️Pul ko‘rinishidagi mablag‘larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Ushbu tartibga kat’iy amal qilinishi talab etiladi.