Moskvada koronavirusdan uyda davolanish tartibi qanday?

Moskvada koronavirusni uyida davolash uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan va qanday cheklovlar kiritilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Ayni damda Moskvada 550dan ziyod bemorlar koronavirusdan uyida davolanmoqda.

Ushbu bemorlarni davolashda Mosgorzdrav tomonidan quyidagi tartib belgilangan: shifokor bemorni ko‘zdan kechirib, uni uyida davolash yoki shifoxonaga yuborish haqida qaror qabul qiladi.

Moskvada koronavirusga chalinganlarga uyida davolanishga ruxsat berildi  

Uyida davolashga qoldirilgan bemor karantin rejimini bajarishga, uydan chiqmaslik haqida ogohlantirish xatiga qo‘l qo‘yadi. Shundan so‘ng bemorning fotosurati shahar videokuzatuv tizimiga kiritiladi. Karantin tartibini buzgan bemorlar majburiy ravishda kasalxonaga yotqiziladi.

Telemeditsina markazi shifokorlari uyida davolanayotgan bemor bilan doimiy ravishda aloqada bo‘lib turadi va butun davolanish davrida virusga qarshi preparatlar bilan ta’minlab turadi.

Eslatib o‘tamiz, 23-martdan – 6-aprelga qadar Moskvada kasallik yengil kechayotgan, xavfli guruhga (65 yoshdan katta, surunkali diabet, pnevmoniyaga chalinmagan) kirmagan bemorlar uchun koronavirusdan uyida davolanish tartibi o‘rnatilgan edi.

Bunday tartib xorijiy davlatlar (Italiya) tajribasini o‘rganish asosida kiritilgan va shifxona o‘rinlarini kasallik yengil kechayotgan bemorlar bilan band bo‘lishini oldini oladi.