Koronavirus pandemiyasi qachon pasayadi - Xitoy yetakchi epidemiologi prognozi

XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi 29-mart kuni mamlakatda epidemiya tarqalishiga nuqta qo‘yilganligi haqida e’lon qilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan yangi koronavirus pandemiyasi aprel oyi oxiriga borib pasaya boshlashini prognoz qilmoqda.

O‘zbekistondagi karantin qachon tugaydi?

XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi 29-mart kuni mamlakatda epidemiya tarqalishiga nuqta qo‘yilganligi haqida e’lon qilgan edi.

"Aminmanki, keskin choralar tufayli, har bir mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni nazorat ostiga olish mumkin. Kutishimcha, aprel oyi oxiriga borib, epidemiya pasayishni boshlashi kerak", - deb bayonot qilgan Chjun Nanshan mahalliy telekanalga bergan intervyusida.

Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabr kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatning markaziy qismi (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida xabardor qilgan edi.

Mutaxassislar kasallkning qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus ekanligini aniqladilar, sal keyinchalik virusga COVID-19 deya rasmiy nom berildi. BSST 11-mart kuni jahonda yangi koronavirus pandemiyasi haqida e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda ushbu virusdan 750 ming kishi kasallangan, 36 mindan ziyodi vafot etgan.