Ekspert: neft bo‘yicha muzokaralardan hammadan ko‘proq Tramp manfaatdor

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan neft qazib olish bo‘yicha muzokaralar olib borilishini ma’lum qildi. Siyosatshunos Vladimir Shapovalov bu boradagi o‘z fikrlarini bildirdi.
Sputnik

Amerika prezidenti Donald Tramp AQSh, Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘z neft sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun jahon narxlarini ko‘tarishni muhokama qilishlarini ma’lum qildi.

“Ular (Rossiya va Saudiya Arabistoni - tahr.) yig‘ilishni rejalashtirmoqdalar, biz hammamiz nima qilishimiz mumkinligini baholash uchun yig‘ilishni rejalashtirmoqdamiz. Chunki siz (neft) sanoatini yo‘qotishni xohlamaysiz. Bu minglab va minglab ish o‘rinlari”, - deya Trampning matbuot anjumanidagi so‘zlarini iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan neft borasida muzokaralar boshlanishini e’lon qildi

U neft narxining pastligi, bir tomondan, Amerika aviakompaniyalariga yordam berishini, ikkinchi tomondan, Amerika neft sanoatiga zarar yetkazishini tan olgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan "yaxshi suhbat" o‘tkazgan.

Sputnik radiosi efirida siyosatshunos, MPGU Tarix va siyosat instituti direktorining o‘rinbosari Vladimir Shapovalov, ushbu vaziyatda aynan AQSh eng ko‘p zarar ko‘rgan tomon ekanligi haqida fikr bildirdi.

“Hozirgi vaqtda neft bozorida uchta asosiy o‘yinchi bor: Rossiya, OPEKning vakili bo‘lmish Saudiya Arabistoni va o‘zining neft kompleksi bilan AQSh. Shuning uchun narxlarning keskin pasayishi ortidan uchta eng yirik neft ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi muzokaralar mantiqiy qadamdir. Aslida Tramp bu qadamni birinchi bo‘lib bosdi. Aynan AQSh neft sanoati neft narxini pasaytirish jarayonida asosiy zarar ko‘rguvchidir, chunki Amerika neftining tannarxi Rossiya va Saudiya neft tannarxlaridan ancha yuqori. Narxlarning yana ham pasayishi taqdirida yoki arzon narxlar qolishining barqaror tendensiyasi holatida Amerika neft sanoatining kattagina qismi bankrot bo‘ladi – va bu allaqachon sodir bo‘lmoqda. Shuning uchun Tramp narxlarning kerakli darajasida saqlanib qolishidan manfaatdor”, - deydi Vladimir Shapovalov.

Kreml Putin va Tramp suhbati tafsilotlarini ochiqladi

Uning fikricha, Rossiya - Saudiya Arabistoni - AQSh formatidagi neft bo‘yicha muzokaralar ehtimoldan holi emas.

"Rossiya muzokaralar jarayoniga har doim tayyor va Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganligi muzokaralar jarayoni mumkinligini ko‘rsatmoqda. Uch tomonlama format ham bo‘lishi mumkin, navbatdagi davrini yakunlagan OPEK+ platformasini qayta yaratilishi uchun sharoit mavjud. Shuning uchun Tramp ushbu muzokaralarning tashabbuskori bo‘lib chiqadi deb o‘ylayman", - dedi Vladimir Shapovalov.

OPEK+ mamlakatlari 6-martdagi neft qazib olishni qisqartirish yoki ularning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi bitimlarning parametrlarini o‘zgartirish to‘g‘risida kelisha olmadilar. Rossiya mavjud shartlarni, Saudiya Arabistoni esa neft qazib olishni qisqartirishni taklif qilgan. Natijada 1-apreldan boshlab sobiq ittifoqqa a’zo mamlakatlarda ishlab chiqarishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi.