BSST Tojikistonda koronavirus mutlaqo yo‘qligini tan oldi

Dunyo bo‘ylab koronavirus holati qayd etilmagan mamlakat deyarli qolmadi. BSST vakili Tojikistonda koronavirus holati yo‘qligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Tojikistondagi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) vakili Galina Perfilyeva mamlakatda koronavirus yo‘qligini rasmiy ravishda ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.  

Nima uchun Tojikistonda koronavirus yo‘q – asosiy versiyalar

Perfilyeva gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidlab, aholi gavjum joylarga bormaslikni so‘radi.

“Bugungi kungacha, rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, PSR-test o‘tkazadigan laboratoriya bilan yaqindan hamkorlikda ishlayotganimiz sababli, Tojikistonda COVID-19 (koronavirus) bilan kasallanishning bironta “ijobiy” holati qayd etilmagan”, - dedi Perfilyeva.

U ayni vaqtda butun dunyo koronavirus bilan keskin kurash olib borayotgani, virus qayd etilmagan mamlakat deyarli qolmaganini alohida ta’kidladi.

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozircha Tojikiston va Turkmaniston virus hujum qila olmagan ikkita davlatdir. Tojikistonda 700 tadan ortiq test o‘tkazilib, kasallik qayd etilmadi. Mamlakatda test-tizimlarning yetarli miqdorda zaxirasi borligi, kasallik alomatlari bo‘lgan kishilar faqat testdan o‘tkazilmoqda.