Rospotrebnadzor koronavirus uchun yuqori aniqlikdagi testni yaratdi

Yangi test sezgirlik va o‘ziga xoslikning barcha zamonaviy talablariga javob beradi va bitta tekshiruvda nafaqat SARS-CoV-2 ni aniqlash, balki uni o‘xshash viruslardan, shuningdek MERS-Cov (Yaqin Sharq respirator sindromi) dan ajratish imkonini beradi
Sputnik

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Rospotrebnadzor markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari koronavirus tashxisi uchun yangi yuqori aniqlikdagi testni ishlab chiqdilar, bu sohta-ijobiy reaksiya bermaydi, deb xabar beradi RIA Novosti kafedra saytiga tayanib.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 167 taga yetdi

"Diagnostika to‘plami klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va 25-mart kuni Rossiya Federatsiyasida foydalanish uchun ro‘yxatga olindi (tibbiy asbob-uskunani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Guvohnoma № RZN 2014/1987)", - deyiladi press-relizda.

Yangi test sezgirlik va o‘ziga xoslikning barcha zamonaviy talablariga javob beradi va bitta tekshiruvda nafaqat SARS-CoV-2 ni aniqlash, balki uni o‘xshash viruslardan, shuningdek MERS-Cov (Yaqin Sharq respirator sindromi) dan ajratish imkonini beradi.

Avvalroq, Novosibirskda juda yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan koronavirus tashxisi uchun yangi sinov tizimi ro‘yxatga olingan edi. Bunga qadar Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova 2,5 soat ichida natija beradigan va amaliyotni sezilarli darajada soddalashtiradigan, shuningdek, kasallikka immuniteti bor odamlarni, birinchi navbatda, shifokorlarni aniqlashga yordam beradigan COVID-19ni aniqlash uchun yangi sinov tizimi juma kuni ro‘yxatdan o‘tkazilishi haqida xabar bergan.

Xitoydan O‘zbekistonga virusni aniqlaydigan 200 mingta test-tizimi olib kelindi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni COVID-19 kasalligiga olib keladigan yangi koronavirusning tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 690 mingdan ortiq yuqtirish holatlari qayd etilgan, 33 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Jons Xopkins universiteti statistik ma’lumotlariga ko‘ra, jami 785 mingdan ortiq odam COVID-19 kasalligiga chalingan, 37 mingdan ko‘proq odam vafot etgan, 165 ming bemor davolanib bo‘lgan. O‘lganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda Italiya (11 mingdan ortiq), undan keyin Ispaniya, Xitoy, AQSh va Fransiya kelmoqda.

Rossiyada koronavirus bilan kasallangan 1836 bemor aniqlandi, ulardan 1226 kishi Moskvada, to‘qqiz kishi vafot etdi.

Uzbekistonda kasallanganlar soni 167 nafarga yetdi, 2 kishi vafot etgan.