Xitoydan O‘zbekistonga virusni aniqlaydigan 200 mingta test-tizimi olib kelindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Kitay
Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomosh v Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu maxsus reysda Xitoy Xalq Rspublikasi tomonidan berilgan 2,5 mlrd so‘mlik har xil turdagi tibbiy buyumlar shaklidagi insonparvarlik yordami ham keltirilgan.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Xitoydan zarur tibbiy texnika va himoya vositalari olib kelindi.

Xabarda yozilishicha, prezidentning oronavirusga qarshi kurashish uchun ajratgan mablag‘lari hisobiga (27,8 mlrd so‘m) virusni aniqlaydigan 200 mingta test-tizimi hamda 50 mingta bir martalik bosh kiyimli himoya kombinezoni sotib olindi va harbiy havo kemasida olib kelingan

Vlasti OAE postavili v Uzbekistan bolee vosmi tonn gumanitarnoy pomoshi iz meditsinskix sredstv zashiti - Sputnik O‘zbekiston
BAA O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natdi

Olib kelingan yukning umumiy og‘irligi 20 ga yaqin tonnani tashkil etadi.

Ushbu maxsus reysda Xitoy tomonidan berilgan 2,5 mlrd so‘mlik har xil turdagi tibbiy buyumlar shaklidagi insonparvarlik yordami ham keltirilgan.

Bundan tashqari, 31-mart kuni Vazirlar mahkamasining tegishli qaroriga asosan 16 mlrd so‘mlik, 3-aprelda esa qo‘shimcha 45 mlrd so‘mlik tibbiy texnika va himoya vositalari koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olinadi va harbiy havo kemasida olib keltiriladi.

Xorijiy tajribani keng o‘rgangan holda sog‘liqni saqlash xodimlari uchun alohida 2 darajali ya’ni, qizil zonaga mo‘ljallangan maxsus kombinezonlarni xarid qilishga ham e’tibor qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0