Umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun onlayn videodarslar boshlandi

Karantin vaqtida ta’tilda bo‘lgan umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun onlayn videodarslari efirga uzatila boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Joriy yilning 30-mart kunidan boshlab, umumta’lim maktab o‘quvchilariga masofaviy ta’lim berish maqsadida  “Onlayn maktab” loyihasi ishga tushirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Uzoq va borish qiyin aholi punktlarida yashovchi abonentlar uchun esa videodarslar ochiq rejimda bepul tarqatilayotgan 4 ta qo‘shimcha televizion kanallari orqali namoyish etiladi.  

Karantin davrida o‘quvchilarga telekanallar orqali o‘tiladigan darslar sanasi ma’lum bo‘ldi

Televizion darslar 1-4-sinflar uchun National Geography Wild kanalida, 5-8-sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11-sinflar uchun “Oxota va ribalka” kanalida namoyish etiladi. Ushbu telekanallar bepul ko‘rsatiladigan kanallarga o‘tkazilgan.

Televizion darslar namoyish etish vaqti jadvalini Xalq ta’limi vazirligi rasmiy vebsayti (www.uzedu (https://www.uzedu.uz/)), ijtimoiy tarmoqlari va Telegram tarmog‘ida maxsus ochilgan https://t.me/uzeduonlinemaktab kanalidan olish mumkin.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali kundalik.com hamda “Onlayn maktab” elektron portali orqali videodarslarni kuzatib borish imkoniyati yaratilgani haqida xabar qilingan edi.