Farg‘ona viloyati barcha avtotransportlar harakati uchun yopildi

Respublikadagi koronavirus epidemiyasi bilan bog‘lik vaziyat tufayli Farg‘ona viloyatiga barcha avtortransportlarning kirishi va chiqishi taqiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Farg‘ona viloyatiga barcha  avtotransport vositalarining viloyatlardan kirib kelishi va chiqishi to‘xtatildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Jizzax shahriga 28-martdan boshlab kirish va chiqish to‘xtatildi

Joriy yilning 27-mart kuni soat 10: 00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun to‘xtatilgan.

Mamlakatda koronavirus kasalligi  tarqalishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu cheklov yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu taqiq yuk tashuvchi transportlariga tegishli emas.

Avvalroq, Respblikaning Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga kirish va chiqish rasman to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.