TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Qozog‘iston hukumati 28-martdan boshlab Olmaota va Nur-Sulton ko‘chalari va jamoat joylarida uch kishidan ortiq kishi to‘planishini taqiqladi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar qildi.
24 Mart 2020, 14:17
Ta’kidlanishicha, bir oila a’zolari uchun istisno mavjud. Voyaga yetmaganlarning kattalar hamrohligisiz harakat qilishi ham taqiqlangan.
Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq 109 ta holat qayd etilgan. Mamlakatda 16-martdan favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. Nur-Sulton va Olmaotada 19-martdan karantin joriy etilgan.