YPX xodimiga bo‘ysunmay “tungi kapalaklarni” olib qochgani aytilgan haydovchiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Oq Neksiya haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysinmay, “tungi kapalak” qizlarni olib, qochib ketdi” sarlavhali video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unda “Neksiya” haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay yengiltak qizlarni olib qochgani iddao qilingan edi.

Idoraning aniqlik kiritishicha, video 22-mart kunidan 23-mart kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 02.00 da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida tasvirga olingan.

Sirdaryoda IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan “o‘ta tajribali” fohisha qo‘lga olindi

Patrul-post xizmati xodimlari faoliyat yuritayotgan vaqtda oq rangli “Neksiya” egasi 27 yoshli Abror X. ichki ishlar xodimlarning to‘xtash ishorasi qaramasdan, o‘z harakatini davom ettirgan.

Ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston MJtKning 194-moddasi  (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda uning avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan.