AQSh koronavirus poygasida yutqazib, jahondagi yetakchilikni boy bermoqda

Dunyoning yetakchi davlatlari COVID-19ga qarshi o‘zining ilmiy va insoniy salohiyatini namoyish etayotgan bir vaqtda AQSh uzoq yillardan beri da’vo qilib kelayotgan “dunyo yetakchisi” nomini yo‘qotmoqda - ekspert.
Sputnik

Odatda, inqiroz davrlarida odamlar, jamoalar va hatto butun mamlakatlarning asosiy, chuqur va o‘zgarmas fazilatlari namoyon bo‘ladi. Bir qarashda, global epidemiya va uni ustiga yopirilgan moliyaviy inqiroz vaqtida okean orti hamkorlarimizni nima bezovta qilishi mumkin, deb o‘ylaysiz? So‘nggi 30-yil davomida Vashington siyosatini kuzatgan har bir inson bunga osonlikcha to‘g‘ri javob topa oladi: albatta, bu dunyoda yetakchilik masalasidir.

Koronavirus nimalarni namoyish qildi

Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak - hozirda Qo‘shma Shtatlar koronavirus epidemiyasi tufayli Vashington xuddi shu dunyo yetakchiligini yo‘qotayotgani va geosiyosiy raqiblar fonida unchalik jozibali ko‘rinmayotganidan havotirda. Va ba’zan xalqaro maydonda obro‘sizlanishdan bo‘layotgan soxta og‘riqlar kasallikka chalingan yoki vafot etgan vatandoshlarga hamdardlikdan ko‘ra (ehtimol adashayotgandirmiz, ammo tobora aniqroq namoyon bo‘lmoqda) kuchliroqday taassurot uyg‘otadi. "Virusning yana bir qurboni: inqiroz davrida AQShning dunyo yetakchisi sifatidagi roli" - Amerikaning yetakchi The New York Times nashri xuddi shunday sarlavha bilan batafsil tahliliy maqola e’lon qildi.

AQSh Erondagi epidemiyadan qanday foydalanish mumkinligini o‘ylab topdi

Jurnalistlar tomonidan so‘ralgan ekspertlar fikrlari ehtiyotkor, ammo unchalik optimistik emas: "Pandemiya hali o‘z cho‘qqisiga chiqqani yo‘q, shu bois beriladigan baho shoshilinch bo‘lmasligi kerak", - deydi Germaniya xalqaro munosabatlar va xavfsizlik instituti(German Institute for International and Security Affairs)ning xalqaro xavfsizlik bo‘yicha tahlilchisi Klaudiya Meyjor. "Bu inqiroz AQSh siyosiy yetakchiligidagi tarkibiy o‘zgarishlar tasdig‘idir," - deydi u. "AQSh global yetakchiligi yo‘q ekan AQSh modeli ham bo‘lmaydi", - deya qo‘shimcha qiladi Meyjor xonim. "Muvaffaqiyat - siz o‘z mamlakatingizda pandemiyani yo‘q qilib, atrofingizda ittifoqchilarni jipslashtirib, alyansni boshqarib, global jamoatchilikka foyda keltiradigan mahsulotlarni yetkazib, chaqiriqlarga global kurash tashkil qilishdir, xuddi, Ebola kasalligidagi kabi". Buning o‘rniga Amerika (davlat - taxr.) institutlari hatto o‘z uyida bu ishga qodir emasligini namoyon qilmoqda, deydi ayol. Tramp reaksiyasi - yakka tartibda harakat qilishdan iborat.

Eng "demokratik" OAVlar nima deydi 

Butun hayoti va karyera davomida dunyoni Amerikaga itoat qilish, Amerikaga qoyil qolish, Amerika bilan tortishmaslik va Amerikaning "dunyoga beg‘araz yetakchiligi" uchun minnatdor bo‘lishga o‘rgatish va shunday talablarni ilgari surish bilan shug‘ullangan yevropalik ekspertlar, faollar va jurnalistlar bugun muayan noqulaylikka duch kelgan va bu tez orada haqiqiy vahimaga aylanishi turgan gap. "AQShda bizdan ko‘ra yaxshiroq va hamma jim bo‘lishi kerak" degan fikrdan foydalanib bo‘lmaydigan dunyoda yashash ularning ayrimlari uchun koronavirusdan ham dahshatliroq bo‘lishi mumkin.

AQSh prezidenti koronavirus epidemiyasida Xitoyni aybladi

Bunday fikrlar G‘arbning (karantin tufayli bo‘shab qolgan) yetakchi ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va ilmiy markazlariga yetib bormaydi, deya umid qilsa bo‘lardi. Ammo, okean orti va yevropalik hamkorlarimizni u qadar past baholab bo‘lmaydi: epidemiya ko‘zga ko‘rinadigan va uzoq davom etadigan hodisa bo‘lib, hatto, eng jiddiy aqliy to‘siqlar va qarashlarni yo‘q qilishi mumkin.

Rossiya tajribasini o‘rganishdi 

Masalan, mamlakatimiz rahbariyati va umuman mamlakatimiz aholisiga xayrixohligiga ishonish juda qiyin bo‘lgan amerikaparast CNN telekanali to‘satdan o‘z oldiga Rossiya tajribasini o‘rganish vazifasini qo‘ydi. Ya’ni, Rossiyada kasallanish holatlari soni (CNNda maqola chop etgan paytda) Lyuksemburgga qaraganda kam ekan, (garchi amerikalik jurnalistlarning geografiyadan bilimi ancha achinarli bo‘lishiga qaramay, ular Rossiya aholisi Lyuksemburgga nisbatan ancha ko‘proqligini aniq biladilar), Rossiya bu borada nimani to‘g‘ri amalga oshirgan, degan savolga javob izladilar.

Amerika propagandasi o‘quv qo‘llanmasiga qat’iy amal qilgan holda ishlashga harakat qildi: rasmiy ma’lumotlarni shubha ostiga oldi, Rossiyada o‘tkazilgan testlarning noto‘g‘riligini ehtimol qildi va shu o‘rinda hukumatga nisbatan bir chimdim tanqid qo‘shishni unutmadi, lekin shu bilan birga Amerika standartlari bo‘yicha jurnalistik qahramonlik deb atash mumkin bo‘lgan ishga ham qo‘l urdi.

Rossiya harbiy shifokorlari Italiyaga yetib keldi

CNN matnida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (epidemiyalar masalasida xalqaro miqyosdagi undan nufuzliroq tuzilma mavjud emas) ekspertidan iqtibos keltirilgan bo‘lib, mutaxassis unda rasmiy ma’lumotlar tanqidiga ishonmasligini aytgan edi. Bundan tashqari, ayol Rossiya testlari sinov xususiyatlari va laboratoriyaning o‘zi ham JSST tomonidan ma’qullangan ro‘yxatga kiritilganini qo‘shimcha qilgandi. Rossiyaning "Rospotrebnadzor" - Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat agentligi shanba kuni koronavirus bo‘yicha 156 mingdan ortiq test o‘tkazganini e’lon qildi. Rossiya fevral oyi boshidan boshlab, shu jumladan, aeroportlarda, Eron, Xitoy va Janubiy Koreyadan keladigan sayohatchilarga urg‘u bergan holda, ommaviy tekshiruvlarni o‘tkazishni boshlaganini e’lon qildi", - deb xabar qiladi amerika telekanali.

Ushbu sujet AQShdagi ba’zi  Rossiyaga qarshi faollarning allergik reaksiyasini qo‘zg‘adi va nafratga limmo-lim izohlar yog‘ilishiga sabab bo‘ldi, ammo yuqumli epidemiyaga qarshi dunyoda Amerikaga qaraganda yaxshiroq kurash olib borilayotganini anglash jarayonini endi to‘xtatish qiyin bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash materiallar Xitoy, Singapur, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar haqida ham chop etilgan.

AQSh 2 oyni bekor o‘tkazdi 

Vashingtonning o‘z-o‘ziga baho berishidagi muammo kim bu ishni yaxshiroq uddalayotganida emas, balki Amerika hukumati bu ishni boshqa barcha sivilizatsiyalashgan mamlakatlarga qaraganda deyarli yomon bajarmayotganida. Ayniqsa, AQShda tayyorgarlik ishlari uchun ikki oy muddat zaxirada bo‘lganligini hisobga oladigan bo‘lsak.

AQSh koronavirus tufayli Yevropaliklar kirishiga ta’qiq  qo‘ydi

Agar shunday davom etadigan bo‘lsa, inqirozdan keyin, hatto G‘arb axborot maydonida ham bir nechta yorqin obrazlar va Vashington o‘zi uchun yoqimsiz bo‘lgan g‘oyalar muhrlanib qoladi. Masalan, Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ba’zi mamlakatlar o‘ta keskin choralar yordamida epidemiyalar ustidan mahalliy o‘lchamda g‘alaba qozonib, boz ustiga boshqalarga ham yordam qo‘lini cho‘zgan davlatlar sifatida yodda qoladi. Rossiyani - koronavirusni jilovlab turish bo‘yicha nisbatan samara ko‘rsatgan davlat sifatida eslab qolish mumkin. Shuningdek, Amerika sanksiyalari tufayli o‘z-o‘zini, shu jumladan, moliyaviy va oziq-ovqat masalalarida ham ta’minlashga o‘rgangan bu davlat unga erisha oldiki, bugungi kunda Rossiya, hatto barqaror g‘arb iqtisodiyotlarini ham larzaga solgan dunyodagi moliyaviy inqirozdan eng kam aziyat chekayotgan davlat sanaladi.

Tayyorga-ayyormi? 

AQSh-chi, u nimasi bilan yodda qoladi? Katta ehtimol bilan, The New York Times jurnalistlari yozgan ushbu epizod bilan: "Germaniya rasmiylari ta’kidiga va (manbalardan olingan) xabarlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati va hatto, Trampning shaxsan o‘zi Germaniyaning Cure-Vac farmatsevtika kompaniyasiga COVID-19ga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinaga eksklyuziv huquqlarni qo‘lga kiritish uchun bir milliard dollar taklif qilgan".

Ilgari dunyo bunday hatti-harakatlarga ko‘z yumishga tayyor edi ham, ammo hozir zamon asta-sekin o‘zgarib bormoqda va endilikda bu o‘zgarishlarni ko‘rib ko‘rmaslikka olishning iloji yo‘q.

Ma’lumot uchun, ayni damda AQSh koronavirusga chalingan fuqarolar soni bo‘yicha dunyoda Xitoy va Italiyadan so‘ng 3-o‘ringa chiqqan. Qo‘shma Shtatlarda kasallikka chalinganlar soni 35 mingdan oshib ketdi. Rossiyada bugungi kunda koronavirusdan bemorlanganlar soni 438 kishini tashkil qilmoqda.