TAShKENT, 12 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp 13-martdan boshlab Yevropadan kelayotganlar kirishiga 30 kunlik ta’qiq qo‘ydi.
“Kasallik yuqqan kishilar bizning mamlakatga kirmasliklari uchun, biz Yevropadan AQShga barcha tashriflarni 30 kunga to‘xtatib qo‘yamiz. Yangi qoidalar juma oqshim yarim tunda kuchga kiradi”, - dedi prezident.
Ushbu ta’qiq faqat Buyuk Britaniyaga taaluqli emas. Undan tashqari Amerika fuqarolari maxsus ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng mamldakatga kirishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu ta’qiq nafaqat odamlarga, balkim AQShga olib kirilayotgan barcha tovar va mahsulotlarga ham taaluqli bo‘ladi, - dedi AQSh prezidenti.
Shuningdek Tramp Yevropa Ittifoqini koronavirusga qarshi yetarli choralar ko‘rmaganlikda, Xitoy va boshqa “qaynoq nuqtalardan” tashriflarni o‘z vaqtida cheklamaganlikda aybladi.
“Biz ana shunday qattiqqo‘l choralar bilan fuqarolarimizga solinayotgan tahdidni sezilarli darajada kamaytirishimiz mumkin”, - dedi Donald Tramp.
Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Jahon Sog‘liqni saqlasho‘ tashkiloti butun dunyoda koronavirus pandemiyasini e’lon qilgan edi.
RIA Novosti ekspertlari fikriga ko‘ra, koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar butun dunyo fond birjalarida aksiyalar keskin qulashiga olib kelishi mumkin. Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodi o‘sishdan to‘xtab kamayishni boshlashi mumkin. Vaholanki, koronavirus tarqalishining eng kuchli davri aprel-may oylarida kutilmoqda.