O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 37 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 37 nafarga yetdi, deb xabar berdi SSV
Sputnik

TOShKENT, 21 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha 37 nafarga yetdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Koronavirusdan nima himoya qilishi mumkin? – shifokorlar tavsiyasi

Sal oldin tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati O‘zbekiston prezidenti O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma bergani haqida xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, xorij mamlakatlaridagi va og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasiga fuqarolarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha aviareyslarni takshillashtirishga ko‘rsatma bergan.

Komissiya O‘zbekistonga parvoz qiladigan quyidagi charter reyslar grafigini tuzib chiqdi:

➡️21 mart kuni Moskva shahridan (Rossiya) soat 03:30da; Deli shahridan (Hindiston) soat 17:30da;

O‘zbekiston koronavirusni kutib olishga tayyor - sanitariya bosh inspektori

➡️ 22-mart kuni Kuala-Lumpur shahridan (Malayziya) soat 04.30da; Moskva shahridan (Rossiya) soat 05:00da, Istanbul shahridan (Turkiya) soat 06:00da va Novosibirsk shahridan (vaqti aniqlashtirilmoqda);

➡️ 23-mart kuni Seul shahridan (Koreya Respublikasi) soat 02:00da;

➡️ 24-mart kuni Djakarta shahridan (Indoneziya) soat 07:00da;

➡️ 26-mart kuni Bangkok shahridan (Tayland) soat 01:00da.

O‘zbekistonda koronavirus tufayli eng katta zarar ko‘rayotgan sohalar aytildi

Boshqa mamlakatlardan fuqarolarni qaytarish davom etadi deyiladi xabarda.

O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga ko‘ra 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Shuningdek, koronavirusga qarshi kurash doirasida 1 oy davomida Toshkent shahrida uchta shifoxona qurilib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabariga ko‘ra, jahonda COVID-19ni yuqtirganlar soni 234 mingga yetdi, 10 mingga yaqin inson shu kasallikdan olamdan o‘tdi.