TOShKENT, 20 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun barcha kerakli zahiralar tayyorlangan, O‘zbekiston koronavirusni kutib olishga tayyor dedi O‘zbekiston bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.
- Xitoyning Uxan shahrida epidemiya e’lon qilingan kundan boshlab respublikada tayyorgarlik ishlari faol olib borildi. Bugungi kunda yetarli miqdorda dori-darmon, diagnostikumlar, himoya vositalari, dezinfeksion vositalar va koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun 1000ga o‘rin zahiralari yaratilgan, - dedi Otabekov.
Undan tashqari kasallangan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan kishilarni izolyatsiya qilish uchun ham barcha kerakli sharoitlar yaratilgan. Biz bunga ehtiyoj bo‘lmaydi degan umiddamiz, lekin kasallikka qarshi kurashish uchun yetarli mablag‘ ajratilgan va mutassadilarning bu ishga masulligi oshirilgan, - deydi bosh inspektor.
Karantin nima uchun kerak?
Karantin bu cheklov degani. Ya’ni kasallikning yashirin davrida bemor virusni boshqalarga yuqtirmasligi uchun izolyatsiya qilinishi kerak. Xususan koronavirusning inkubatsion davri 2-14 kun bo‘lsa, bemor 2 haftagan izolyatsiya qilinishi kerak.
- Karantin chorlari naqadar muhm ekanini biz o‘zimizda his qildik. Epidemiologik noxush hududlarga borib kelgan 4 nafar kishi bilan muloqotda bo‘lgan 19 nafar fuqarolarda kasallik tasdiqlangan. Biz mana shu 19 nafar kishina vaqtida izolyatsiyaga olmaganimizda ushbu kasallik yanada keng tarqalib ketishi mumkin edi, deydi Otabekov. Daslabki kundan karantin choralari qo‘llanilgani tufayli kasallikni jilovlashga muvaffaq bo‘ldik.
O‘zbekistonda 2xil karantin chorasi belgilangan. Birinchichi bu epidemiologik noxush hududlardan tashkillashtirilgan tartibda olib kelingan fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday fuqarolar guruh holatida alohida muassasalarda izolyatsiya qilinishlari kerak.
Epidemik noxush hududlardan yakka tartibda kelganlar esa – uy sharoitida 2 hafta davomida qolishlari kerak.