Mirziyoyev va Tokayev koronavirusga qarshi kurash choralarini muhokama qilishdi

Prezidentlar ikki mamlakatdagi joriy epidemiologik holat va koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Tokayev telefon orqali muloqot qildilar.

Rossiya chegarasining yopilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin - ekspertlar fikri

Suhbatda ikki mamlakatdagi joriy epidemiologik holat hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi, bu borada yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.