Moskva Vashingtonni zudlik bilan Erondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirmoqda

"Dunyoda yuz berayotgan pandemiya — geosiyosiy hisob-kitob qilish vaqti emas, ayniqsa, u asosga ega bo‘lmasa va shunchaki o‘z ambitsiyalarini qondirish uchun Vashington tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lsa", - deydi Rossiya TIV.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. AQSh aniq maqsadni ko‘zlab, Eronga koronavirusga qarshi kurashishda halal bermoqda, Moskva Vashingtonni Erondan zudlik bilan sanksiyalarni olib tashlashga chaqiradi, deb bayonot berdi Rossiya TIV.

Eron koronavirusga qarshi kurash uchun AQSh sanksiyalari olib tashlanishini talab qildi

"COVID-19 virusi tufayli yuzaga kelgan pandemiya ko‘lami oshib borayotgani haqidagi xabarlar fonida, bizning saxiy qo‘shnimiz va sherigimiz - Eron Islom Respublikasining adolatsiz, noteng, tang ahvolda qolayotganligini e’tibordan chetda qoldirolmaymiz", - deyiladi tashqi siyosiy mahkama xabarida.

Sal oldin Eron prezidenti Hasan Ruhoniy amerikaliklar tomonidan 2018-yilning may oyida "maksimal bosim o‘tkazish" kampaniyasi doirasida noqonuniy va bir yoqlama kiritilgan sanksiyalar infeksiyaning oldini olishga qarshi samarali kurash olib borish yo‘lida kuchli to‘siq bo‘layotganini bayon qilgan edi. Rossiya TIV fikricha, Eronda koronavirus tufayli qurbonlarning ko‘payib borayotgani faqatgina kasallik tufayli emas, balki AQSh aniq maqsad bilan bunga qarshilik ko‘rsatayotganidadir.

Baxtsizlik yordam berdi: Eron koronavirus tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi

"AQShning insonparvarlikka zid siyosati Moskvada chuqur taassuf, xatar va jiddiy tashvishni keltirib chiqaradi", - deyiladi TIV xabarida. Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi qat’iylik bilan Vashingtonni "haqiqat ko‘ziga tik qarashga va Erondagi inson huquqlari negiziga zarba berayotgan sanksiyaviy cheklovlarni zudlik bilan olib tashlash haqida qarorni qabul qilishga" chaqirgan.

"Dunyoda yuz berayotgan pandemiya — geosiyosiy hisob-kitob qilish vaqti emas, ayniqsa, u asosga ega bo‘lmasa va shunchaki o‘z ambitsiyalarini qondirish uchun Vashington tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lsa", - deydi TIV.

Eronda yangi turdagi koronavirusni yuqtirganlar soni 14,9 ming kishiga yetdi. Bir sutkada 129 kishi vafot etgan. Qurbonlarning umumiy soni 853 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘tgan haftada BSST Xitoyning Uxan shahridan tarqalgan epidemiyani pandemiya deb e’lon qilgan edi. Kasallikka rasman COVID-19 deya nom berilgan. Bugungi kunda infeksiyaga chalinganlik holati 170 mingga yetgan, bemorlarning 75 minggi shifo topgan, 6,5 mingdan ziyodi vafot etgan. Virus 151ta mamlakatni qamrab olgan, epidemiya markazi Xitoydan Yevropaga ko‘chgan.