“Uralskie avialinii” ham O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatib qo‘ymoqda

“Aeroflot" aviakompaniyasi ortidan “Uralskie avialinii” ham O‘zbekistonga parvozlarni 31-martga qadar to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Rossiyaning “Uralskie avialinii” kompaniyasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzaga kelganligi sabab 31-martga qadar O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatib qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Aeroflot" O‘zbekistonga parvozlarni to‘xtatmoqda

Xabarda yozilishicha, aviakompaniya 16-martdan 31-martga qadar Jukovskiy aeroportidan Toshkent va Samarqandga, Domodedovo aeroportidan Qarshi, Pulkovo (Sank-Peterburg) aeroportidan Namanganga parvozlarni amalga oshirmaydi.

Shuningdek, 17-martdan 31-martga qadar Domodedovodan Namangan, Navoiy, Urganch, Farg‘ona, Jukovskiydan Qarshiga va Kolsovodan (Yekateringburg) dan Toshkentga parvozlarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Aeroflot" aviakompaniyasi koronavirus tufayli Toshkent, Buxoro va Samarqandga amalga oshiriladigan reyslarni bekor qilishga qaror qilgani xabar qilingan edi.