O‘zbekistonda Navro‘z va boshqa ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Eslatib o‘tamiz, sal oldin 16-mart sanasidan maktablar va bog‘chalarda vaqtinchalik karantin e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar - Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari o‘tkazilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan shoshilinch o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Koronavirus tufayli O‘zbekistondagi barcha maktablarda ta’til e’lon qilindi

Yig‘ilishdan jurnalistlarga ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari o‘tkazilmaydi. Shuningdek, ommaviy marosimlar, jumladan, uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin 2020 yilning 16-mart kunidan O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ta’til e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.

Bugun erta tongda 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar tarqalgan edi.