Poytaxtdan viloyatlarga qaytuvchi talabalarga 50 foiz chegirma beriladi

Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo‘llari va samolyotlarda 50 % chegirma berilishi belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Toshkent shahridan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo‘llari va samolyotlarda 50 foiz chegirma beriladi.

Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirishga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishda xabar qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi fuqarolarga eslatma bilan chiqdi

Biroz avval koronavirus tufayli 16-mart kunidan mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari va OTM talabalari uchun ta’til e’lon qilingani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Shu bois O‘zbekistonda Navro‘z va boshqa ommaviy tadbirlar bekor qilindi. 16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi. O‘zbekiston fuqarolari chet elga chiqishlari, chet el fuqarolari O‘zbekistonga kirishi vaqtincha to‘xtatiladi. O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin bo‘ladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda bo‘lishlari talab etiladi.