Parhezshunos karantin vaqtida qanday oziqlanish haqida gapirdi

Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, oziqlanish kundaligini tutish va kaloriyalarni hisoblab borish ortiqcha vazn orttirishdan saqlaydi.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar - RIA Novosti. Karantin vaqtida uyda o‘tirib yoki uydan ishlab ortiqcha vazn orttirish mumkin.

Qozog‘istonda koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etildi

Buni oldini olish mumkinmi? Sputnik radiosi efirida tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor-diyetolog Ivan Alimenko shu haqda gapirdi.

"Ortiqcha vaznni orttirib olib, keyinchalik undan xalos bo‘lishdan ko‘ra, uni yig‘maslik osonroq. Uyda o‘tirib semirmaslikning iloji bormi? Bunday hollarda ishtahangizni qitiqlaydigan mahsulotlarga muzlatkichni to‘ldirmaslik ma’qul, bundan tashqari, tez-tez amalga oshiriladigan yengil tamaddilardan ko‘ra, o‘z vaqtida ovqatlangan ham ma’qul", - dedi Sputnik radiosiga bergan intervyusida shifokor-diyetolog Ivan Alimenko.

"Agar siz karantinda bo‘lmasangiz, yaxshisi do‘konga tez-tez borgan va cheklangan miqdorda mahsulotlar xarid qilgan ma’qul. Ayniqsa, gap sevimli mahsulotlar haqida borsa. Uyda ishtahani qitiqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq saqlaydigan odamlarning vazni bunday mahsulotlarni saqlamaydiganlarga nisbatan to‘qqiz kilo og‘ir bo‘ladi. Yoki bir martalik tanovvulga yetgulik mahsulotlarni oling", - deb maslahat beradi Ivan Alimenko.

Alkogol koronavirusdan saqlay olmaydi – SSV

Shifokor tavsiyasiga ko‘ra, oziqlanish kundaligini tutish va kaloriyalarni hisoblab borish ortiqcha vazn orttirishdan saqlaydi.

"Agar uyda qolayotgan bo‘lsangiz, sutkasiga ikki ming kaloriyadan oshmasligi kerak. Oziqlanish kundaligini har uch soatda to‘ldirib boring, bu ko‘pam och qolmaslik va qancha kaloriyani iste’mol qilayotganingizni ko‘rish uchun muhim", – deb hisoblaydi Ivan Alimenko.
"Yong‘oqlar, olmalar, mevalar - bu ortiqcha vazn olish sabablaridan biri, ular kaloriyali bo‘lib, uzoq vaqtga to‘yganlik hissini berolmaydi. Shu bois, bunday "kontrabandani" ko‘zdan uzoq tutgan ma’qul. Agar yetarlicha suyuqlik ichmasak, ko‘p ovqat yeymiz. Shu bois, agar shirinlik xush ko‘radiganlar xilidan bo‘lsangiz, tushlik va kechki ovqat oralig‘ida yog‘siz sutli qahva ichgan ma’qul. Bu singari ichimlik suyuqlik zaxirasini to‘ldiradi va ko‘pam kaloriya keltirmaydi. Bundan tashqari, televizorni ovozini baland qilib turli mashqlar bajarish ham foydali, bunda ayniqsa, kayfiyat normallashadi", - dedi Alimenko.