Dunyoda

Qozogʻistonda koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtishGoroda mira. Nur-Sultan
Goroda mira. Nur-Sultan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozogʻistonda eʼlon qilingan favqulodda holat 16 mart kuni kuchga kiradi va 15 aprelga qadar davom etadi.

TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Qozogʻistonda favqulodda holat joriy etildi. Tegishli farmoyishga mamlakat prezidenti Kasim-Jomart Tokayev imzo chekdi.

16 mart kunidan boshlab koronavirus tarqalishi xavfi sabab:

- karantin joriy etiladi;

- yirik savdo markazlari, kinoteatrlar, koʻrgazma va boshqa jamoat joylari ishlari cheklanadi

- ommaviy tadbirlar, jumladan, sport, oila va xotira tadbirlari taqiqlanadi;

- jamoatchilik tartibini qoʻriqlash kuchaytiriladi

- mamlakaga kirish va undan chiqish cheklanadi.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonda yangi koronavirusning tasdiqlangan holati 8 taga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0