IIBB va uning hududiy bo‘linmalariga tibbiy niqobda kelish so‘raldi

Poytaxtda barcha tuman IIO FMB va ichki ishlar bo‘limlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi karantin davrida shtat tartibida ishlashda davom etadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Fuqarolardan Toshkent shahar IIBB va uning hududiy bo‘linmalariga tibbiy niqobda kelish so‘raldi.

Ta’kidlanishicha, poytaxtda barcha tuman IIO FMB va ichki ishlar bo‘limlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, shuningdek IIBB Markaziy apparati karantin davrida shtat tartibida ishlashda davom etadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi fuqarolarga eslatma bilan chiqdi

Ammo idoralar fuqarolardan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va senitariya-epidemiologik nazorat xizmati talablarini ijro etish maqsadida IIBB va uning hududiy bo‘linmalariga tibbiy niqoblarda kelishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Shu bois O‘zbekistonda Navro‘z va boshqa ommaviy tadbirlar bekor qilindi. 16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi. O‘zbekiston fuqarolari chet elga chiqishlari, chet el fuqarolari O‘zbekistonga kirishi vaqtincha to‘xtatiladi. O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga qaytishlari mumkin bo‘ladi, qaytgandan keyin 14 kunlik karantinda bo‘lishlari talab etiladi.