OAV: AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni boshladi

Tinchlik va qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi tarixiy bitim 29-fevral kuni Dohada (Qatar) AQSh armiyasi, NATO va "Tolibon"* rahbariyati tomonidan imzolangan.
Sputnik

TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqa boshladi, deya xabar beradi AFP. Bu "Tolibon" radikal harakati vakillari bilan kelishuvda belgilangan muhim shartlardan biri edi.

“Tolibon” Kobulga keskin talab qo‘ydi: ShHT davlatlari qanday javob beradi?

AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan to‘liq chiqarilishi 14 oy ichida amalga oshirilishi kerak.

Shu bilan birga, bitimlarga ko‘ra, AQSh toliblar bilan bitimni imzolaganidan keyin 135 kun ichida bu hududda o‘z qo‘shinlari sonini 8,6 ming askargacha qisqartirishi kerak.

AQSh armiyasi, NATO va "Tolibon" rahbariyati o‘rtasidagi tarixiy bitim 29-fevral kuni Dohada (Qatar) imzolandi.

AQSh prezidenti va "Tolibon" rahbari o‘rtasidagi muzokaralardan bir soat o‘tgach, jangarilar afg‘on hukumat kuchlariga xujum qilishdi.

Bunga javoban AQSh 4-mart kuni mintaqadagi "Tolibon"* pozitsiyalariga zarba berdi.

AQSh qo‘shinlari 2001-yil 11-sentabr terroristik hujumlaridan keyin "Al-Qoida"* va xalqaro terrorizmga qarshi kurash bahonasida Afg‘onistonga bostirib kirishdi.

Urush salkam 20-yil davom etdi. Mamlakat vayron bo‘ldi va oxir-oqibat xaosga aylandi.

* Rossiya Federatsiyasida va bir qator boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.