Axlat qayerga olib ketilyapti yohud O‘zbekiston ekologiyasini qanday ko‘mib qo‘ymaslik kerak

Maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash muammosi respublika uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Ammo nafaqat axlat poligonlari va korxonalari infratuzilmasini, balki odamlarning mentalitetini ham o‘zgartirish kerak.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Ekologiya sohasi – foyda keltiradigan emas, ammo juda muhim va doimiy ravishda moliyaviy sarmoyalarni talab qiladi. Odamlarning salomatligi, farovonligi, ularning ishlash qobiliyatlari va shu bilan birga umuman iqtisodiyotning rivojlanishi uning holatiga bog‘liq. Sputnik O‘zbekiston respublikada qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasidagi ishlar qanday bo‘lishini o‘rgandi.

Axlat tashlagan haydovchi 2,2 mln so‘mga jarimaga tortildi

Axlat muammosini hal qilishda ikkita asosiy yondashuv mavjud - poligon va qayta ishlash. Bugungi kunda respublikada qattiq maishiy chiqindilar (QMCh) 221 poligonda "ko‘milmoqda", ular jami 1,6 ming gektar maydonni egallaydi. Hozirda bu joylarda 80 million tonnadan ortiq chiqindilar joylashtirilgan.

Aksariyat odamlar buni muammo sifatida ko‘rmaydilar yoki axlat idishga tashlanganidan keyin nima bo‘lishini o‘ylamaydilar. Atrof-muhitga hech narsa xavf solmasligi uchun, poligonlar holatiga xalqaro standartlar bilan tartibga solinadigan muayan talablar qo‘yilmoqda.

Poligonlar bu oddiy axlatxonalar emas

O‘zbekistonda foydalaniladigan poligonlarning holati sanitariya-epidemiologiya va ekologik talablarga javob bermaydi. Ular ifloslantiruvchi moddalarning yer osti suvlariga qo‘shilib ketishiga imkon bermaydigan himoya qatlamiga ega emaslar. Bundan tashqari, ularda drenaj tizimi ko‘zda tutilmagan va poligonlar uchun yer ajratishda shamolning yo‘nalishi hisobga olinmaydi.

"Qattiq chiqindi poliqonlari tashkil etilgan, qurilmagan va 1968-yildan beri mahalliy hokimiyat tomonidan "poligon" deb nomlangan yer uchastkalarida ishlamoqda. Bu yerda yer osti suvlarining ifloslanishini germetizatsiya qilish, hududni o‘rab olish va to‘ldirilgan poligonlarni qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmagan. Poligonlar shunchaki gorizont bo‘ylab kengayib ketaverdi", - deydi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Xabibulla Xusanov.

2017 yilda poligonlar Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga topshirilganda, ular allaqachon 80-90% to‘lgan edi.

Axlat qayerga olib ketilyapti yohud O‘zbekiston ekologiyasini qanday ko‘mib qo‘ymaslik kerak

Yig‘ilgan muammolarni hal qilish uchun 2019-2028 yillarga mo‘ljallangan kommunal qattiq chiqindilarni boshqarish Srategiyasi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, "Chiqindilar to‘g‘risida" yangi qonun loyihasi tayyorlandi. Atrof-muhit sohasi mutaxassislari va vakillari ko‘plab muammolarni hal qilishlariga to‘g‘ri keladi. Ular orasida QMCh hosil bo‘lishining sekinlashtirish va xavfli xususiyatlarining pasaytirish, chiqindilardan olingan xom ashyo, energiya va materiallarning qayta ishlatilishi, shuningdek qayta ishlanmaydigan tarkibiy qismlarning utilizatsiya qilishlardir

Shuningdek, strategiyada mavjud poligonlarni optimallashtirish, shuningdek, zamonaviy 59 zamonaviy poligon qurish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, axlat tashish stansiyalari quriladi.

"Mavjud poligonlarning optimallashtirishda poligonlarda chiqindilar xajmini kamaytirish hisobiga aholi punktlaridan uzoqligini hisobga olgan holda ularning sonini kamaytirishni nazarda tutiladi", - deya tushuntiradi Xusanov.

Poligonlar sonini kamaytirish va maydonlar sonini qisqartirish uchun qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Agar 2019-yilda 7,1 million tonna QMChdan atigi 20 foizi qayta ishlashga o‘tkazilgan bo‘lsa, kelajakda bu ulushni 60 foizga etkazish rejalashtirilgan.

Biroq, ijobiy dinamika ravshan - 2018-yilda maishiy chiqindilarning atigi 9% qayta ishlangan. Ixtisoslashgan korxonalar soni ham oshdi - 183 dan 219 gacha.

Optimallashtirish natijasida saqlanib qolgan poligonlar qayta quriladi va yangilari esa zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda quriladi. Xususan, keyinchalik qayta ishlash maqsadida alohida tarkibiy qismlar va biomassalarni ajratib turadigan liniyalar paydo bo‘ladi.

Axlat emas, balki xom ashyo

Yiliga qariyb 1,3 million tonna axlat qabul qilgan xususiy korxonalar asosida QMChdan qimmatbaho tarkibiy qismlarni qayta ishlash bo‘yicha respublikada samarali tizim yaratilgan.

Axlat qayerga olib ketilyapti yohud O‘zbekiston ekologiyasini qanday ko‘mib qo‘ymaslik kerak

"Ular o‘z-o‘ziga xizmat qilishda ushbu ko‘rsatkichga erishdilar, ya’ni davlat tomonidan biron-bir imtiyoz berilmadi", - deb ta’kidladi Xabibulla Xusanov.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, qattiq chiqindilarni saralash va mavjud qayta ishlash korxonalariga yetkazib berish uchun o‘rnatilgan tizim davlat ko‘magi yordamida nafaqat qayta ishlash ulushini oshiradi, balki poligonlarning to‘ldirilishini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, bu esa mamlakatda ekologik vaziyatni yaxshilashga olib keladi.

Axlat qayerga olib ketilyapti yohud O‘zbekiston ekologiyasini qanday ko‘mib qo‘ymaslik kerak

Dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun taxminan 1 milliard dollar mablag‘ kerak bo‘ladi. Loyihani xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Shunda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mamlakatning ikki viloyatidagi chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun 180 million yevro miqdorida kredit berishga tayyor. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 8 ta zamonaviy poligon yaratish bilan 33 ta poligonni qayta tiklash, 13 ta chiqindilarni qabul qilish stansiyalarini tashkil qilish, 8 ta chiqindi saralash uskuna va 8 ta bio-o‘g‘itlar chiqarish uchun organik chiqindilarni yig‘ish joylari qurish rejalashtirilgan.

"Axlat" axloqi

Maishiy axlat muammosini hal qilish nafaqat davlatga, balki fuqarolarning o‘ziga ham bog‘liq. Aholi tomonidan maishiy chiqindilarni mustaqil saralash QMChlarni qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va arzonlashtiradi. O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni aholi o‘rtasida saralashga urinishlar bo‘lgan, ammo har xil sabablarga ko‘ra foyda bermadi.

"2019 yil dekabr oyida Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida BMTTD ishtirokida vatandoshlarimizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri uylarida axlatni saralash bo‘yicha birinchi pilot loyiha boshlandi. Dastlabki bosqichda u Sirojiddinov ko‘chasi bo‘ylab ("Bratskie mogili" hududida) xususiy uylarda xususiy sektorda amalga oshiriladi. Mahallaga har biri 120 litr hajmdagi 630 ta plastik idishlar topshirildi, - deydi Xabibulla Xusanov.

Axlat qayerga olib ketilyapti yohud O‘zbekiston ekologiyasini qanday ko‘mib qo‘ymaslik kerak

Chiqindilarni olib ketishda har bir chiqindi turi uchun alohida maxsus mashina bo‘ladi. Bundan tashqari, butun shahar bo‘ylab ko‘p qavatli binolar yaqinidagi axlat yig‘ish joylarida polimer chiqindilari va qog‘ozlarni alohida yig‘ish uchun idishlar, shuningdek, ishlatilgan batareyalar va termometr uchun 700 dan ortiq maxsus idishlar mavjud.

Shu bilan bir vaqtning o‘zida, yana bir loyiha - "hashar week" (hashar haftaligi) boshlandi, unga bir qator dasturlar kiritilgan: "yashil ofis", "yashil uy" va "Z avlodi". Ushbu fuqarolik tashabbusi aholi orasida ham, biznes hamjamiyatida ham chiqindilarni alohida yig‘ishni ommalashtirishga qaratilgan.

Axlat qayerga olib ketilyapti yohud O‘zbekiston ekologiyasini qanday ko‘mib qo‘ymaslik kerak

Bundan tashqari, qayta ishlash homashyo uchun statsionar yig‘ish punktlarini yaratish ishlab chiqilmoqda, bu yerda qo‘shimcha ravishda kitob almashish yoki bepul Wi-Fi tarmog‘idan foydalanish mumkin.

Iqtisodiyot va ekologiya

Atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatini boshqarish va ekologik vaziyatni yaxshilash uchun iqtisodiy usullarga mohirona o‘tish talab etiladi. Buning uchun "Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" maxsus meyoriy hujjati tayyorlandi. Normativ hujjat ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga muayan tovarlardan, shu jumladan qadoqlashdan keyin hosil bo‘lgan chiqindilarni to‘plash, yo‘q qilish, qayta ishlash va (yoki) zararsizlantirishni ta’minlash majburiyatini qo‘yadi. Buning uchun ular tegishli infratuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, loyiha ishlab chiqarilayotgan va import qilinadigan atrof-muhit uchun zararli bo‘lgan tovarlarga (shu jumladan qadoqlashni) ekologik soliqni joriy etishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston hukumatiga yo‘llagan murojaatida O‘zbekiston Prezidenti atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirish va 2020–2025 yillarga mo‘ljallangan ekologik dasturni ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Shuningdek  respublikaning ekologik kodeksi loyihasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ohangaron tumanida chiqindi poligonidan biogaz olib, elektr energiyasi ishlab chiqariladi

Hozircha O‘zbekistonda axlat sektori xorijiy sarmoyadorlar uchun yoqimsiz bo‘lib qolmoqda. Bu saralash va qayta ishlanadigan qimmatbaho tarkibiy qismlar ulushining pastligi, shuningdek, poligonlarda joylashgan QMChlar tarkibi bilan bog‘liq. Kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish, shuningdek ekologik standartlar va normativlarni joriy etish, "yashil tariflar" va boshqa rag‘batlantiruvchi iqtisodiy vositalarni qo‘llash bo‘yicha alohida ishlar olib borilishi kerak.

Shu bilan birga, chiqindilarni boshqarish sohasida "ifloslantiruvchi to‘laydi" tamoyili bo‘yicha davlat nazoratini kuchaytirish, shuningdek aholining ekologik madaniyatini oshirish talab etiladi.