Marsda g‘alati g‘or topildi

NASA olimlari Marsda g‘alati g‘orni aniqlashdi. Ularning fikriga ko‘ra, bu bo‘shliqdan Qizil sayyoraga bo‘lajak parvozlar vaqtida foydalanish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. 2011-yilda Mars Reconnaissance Orbiter tomonidan olingan suratlarni tahlil qilib, olimlar Mars yuzasida g‘ayrioddiy teshikni topdilar.

Ilon Mask Marsda shahar qurish haqida o‘ylamoqda

NASAning ilmiy blokining sahifasida bu topilmaning tuzilishi va kelib chiqishi haqida taxminlar bayon etilgan.

Tovus (Pavlin) tog‘i  - Marsning eng baland tog‘laridan biri, maridiani ekvatori yaqinida joylashgan, o‘chirib qolgan vulqon. Uning yonida bir necha chuqurliklar mavjud, ular olimlarning fikriga ko‘ra, vulqon tektonik harakati natijasida hosil bo‘lgan.

Ammo Mars Reconnaissance Orbiter kosmik kemasida joylashgan HiRise kamerasi yordamida olingan bu rasm g‘ayrioddiy tarkibiy shaklga ega bo‘lgani tufayli olimlarning alohida e’tiborini tortdi.

Pavlin tog‘ida diametri 35 metr bo‘lgan, deyarli mukammal yumaloq krater bilan o‘ralgan teshik topildi. Yon tomondan tushirilgan yorug‘lik, pastda tubi tekis bo‘lgan g‘or joylashgani ko‘rsatadi. G‘orning chuqurligi taxminan 28 metr.

Krater bilan teshik lava oqimi bilan o‘ralganligi sababli, olimlar bu vulqonning yon teshiklaridan biri ekanligini taxmin qilishmoqda. Atmosfera otilganidan so‘ng, lavani to‘kib yuborgan vulqon uchi biz ko‘rib turgan tuzilishni hosil qildi.

Hududni 3D-tahlili olimlarga bu vulqondan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan material miqdorini hisoblash imkonini berdi. Ma’lum bo‘lishicha, qulashdan oldin vulqon kamerasining chuqurligi kamida 90 metr bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev kosmos agentligini tashkil etdi

NASA olimlari yozishicha, ichki bo‘shlig‘i qattiq nurlanishdan himoyalangan Mars yuzasidagi bunday ichi bo‘sh tuzilmalar bir necha sabab tufayli alohida qiziqish uyg‘otadi. Birinchidan, bu ularda Marsda hayotni kashf etish, ikkinchidan, bunday bo‘shliqlardan kosmik kemalar va ehtimol kosmonavtlar uchun Qizil sayyoraga bo‘lajak parvozlar paytida foydalanish mumkin.

Bu tuzilma, NASA mutaxassislarining fikriga ko‘ra, yer osti bazasini qurish uchun mos emas bo‘lishi mumkin, chunki kirish va undan chiqish muammoli bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari vulqon usti qanchalik mustahkam ekanligi noma’lum.

“Bunday g‘orlar nurlanishdan himoyalangan, bu Marsda jon saqlash uchun yaxshi joy bo‘lishi mumkin. Kosmik kemalar, robotlar va hatto sayyoralararo tadqiqotchilar bu g‘orlarga yo‘naltirilishi zarur”, - deyilgan NASA blogida.