SpaceX kompaniyasi tomonidan Dragon Crew kosmik kemasini qurilishi Marsning mustamlaka qilish bo‘yicha ulkan rejaning bir qismi bo‘ladi. Mask XXI asrning o‘rtalariga kelib, kuniga sayyoraga o‘rtacha uchta kema yuborilishini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. U paytga kelib kosmosga sayohat hamma uchun ochiq bo‘ladi. Bu haqda Business Insider ga tayanib 360 kanali xabar qildi.
"Shunday qilish kerakki, har kim parvoz qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Agar pul bo‘lmasa, odamlar qarz olishlari imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak", - deydi Mask qizil sayyorani zabt etish rejalari haqida.
Ishbilarmon bir vaqtning o‘zida 100 kishiga va 100 tonnagacha yukni qabul qilish uchun Dragon Crew va Starship kemalarini takomillashtirishga tayyor. Sayyorani mustamlaka qilish uchun har yili juda katta miqdordagi qurilish materiallari, asboblar, oziq-ovqat mahsulotlari va suv, hayotni ta’minlash tizimlari kerak bo‘ladi.
Uning fikricha, Marsda doimiy joylashish yulduz kemalari flotining ishlashini anglatadi. Taxminan, ming dona yulduzlararo kema yetarli bo‘lishi kerak.