Dima Bilan Toshkentda necha foizga osiyolik ekaniga iqror bo‘ldi

Rossiyalik xonanda Toshkentdagi muxlislariga ularning sevgisi uchun minnatdorchilik bildirdi va necha foizga osiyolik ekanligini aytib berdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar - Sputnik. Rossiyalik xonanda Dima Bilan Toshkentga tashrifi chog‘ida sensatsion bayonot bilan chiqdi. Bu haqida ijodkor o‘z instagramida xabar qildi. 

"Men yaqinda yopiq  DNK testini o‘tkazdim. Endi men 14%ga osiyolik ekanligimni bilaman va buni men doim o‘zimda his qilganman!!!", - deb yozdi musiqachi.

Dima Bilan Toshkentda gapdon to‘tiqush bilan tanishdi -foto

Bilan ushbu bayonotdan tashqari, Toshkentdagi muxlislariga o‘z sevgilari uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Toshkent, siz mehribonlingingiz, mehmondo‘stligingiz va muhabbatiz bilan meni zabt etdingiz! Bilaman, hayotda hech narsa doimiy emas, ammo xotiralar doimiy va men ularni saqlab qolaman!"

Eslatib o‘tamiz, Dima Bilan Toshkentda oxirgi marta 2019-yil mart oyida Humo Arena ochilishi marosimida konsert bilan bo‘lgan edi. Ustiga ustak, Dima Bilan Toshkentga qo‘ltiqtayoqda kelgan. Poytaxtda ijodkorni o‘zbek palovi bilan davolashdi va qiziqarli to‘tiqush bilan tanishtirishdi.

Davoqe, yaqinda Olga Buzova ham poytaxtga tashrif buyurdi, u Toshkentdan va uni sovg‘alarga va ko‘plab kutilmagan hodisalarga ko‘mib tashlagan toshkentliklardan mamnun qoldi.