O‘zbekiston va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

Bo‘lib o‘tgan “Yengilmas soqchi ‒ 2020” o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi har ikki davlatning xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Jizzax viloyatining “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston-Amerika “Yengilmas soqchi ‒ 2020” qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.

"Markaz-2019" mashg‘ulotlarining pinhona ma’nosi va real yakunlari: G‘arb nega bezovtalandi

24 fevral kunidan 2-mart kuniga qadar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Qurolli kuchlarining tegishli tuzilmalari va AQSh Qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi bilan hamkorlikda qo‘shma aksilterror mashqlari o‘tkazilgan.

“Bo‘lib o‘tgan “Yengilmas soqchi ‒ 2020” o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi har ikki davlatning xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan inqirozli vaziyatlarda tegishli choralarni ko‘rish borasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish darajasini oshirishdan iborat bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, hamkorlikda o‘tkazilgan o‘quv mashqlari kelgusida har ikki mamlakat harbiy xizmatchilari turli xavf-xatarlarga duch kelganlarida tezkor va aniq qaror qabul qilishlari va ularning oldini olishlariga, shuningdek, birgalikdagi uyushqoq harakatlarni amalga oshira olishlari uchun xizmat qiladi.

Shoygu o‘zbek harbiylarini taqdirladi

Shu bilan birga O‘zbekiston nafaqat amerikaliklar, balki o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan ham faol o‘quv mashqlarini o‘tkazmoqda. Masalan, 2019-yil sentabrida “Markaz-2019” xalqaro o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston va Hindistondan harbiylar ishtirok etdi.

“G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida o‘zbekistonlik va tojikistonlik harbiylar ishtirokida "Markaz – 2019" doirasida o‘tkazilgan  qo‘mondonlik-shtab strategik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.