Rossiya mamlakatdan tibbiy niqob olib chiqishni taqiqladi

Rossiya 1-iyunga qadar bir qator tibbiy buyumlarni, jumladan, tibbiy niqoblarni olib chiqishga vaqtincha cheklov o‘rnatdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiya bir qator tibbiy buyumlarni, jumladan, tibbiy niqoblarni mamlakatdan olib chiqishni vaqtincha taqiqladi. Tegishli qaror Vazirlar mahkamasi saytida e’lon qilingan.

Jirinovskiy koronavirus haqidagi yolg‘on xabar uchun o‘lim jazosini joriy etishni taklif qildi

Cheklov 2020-yil 1-iyunga qadar amal qiladi.

Niqoblardan tashqari ro‘yxatda bir martalik himoya kostumlari, himoya qiluvchi kombinezon, tibbiy doka, bint, dezinfeksiya qiluvchi va virusga qarshi vositalar, tibbiy qo‘lqoplar, respirator va ko‘zoynak kabilar kiritilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur chora koronavihec avj olishi ortidan qabul qilingan.

Hujjatda bu insonparvarlik yordami va fuqarolar shaxsiy foydalanishi uchun olib chiqadigan bir martalik buyumlarga taalluqli emasligiga aniqlik kiritilgan.