TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Terrorchilar Idlib deeskalatsiya hududining sharqiy qismida kimoviy qurol ishlatib, provokatsiya uyushtirishni rejalashtirishgandi. Bu haqda RIA Novosti Suriyadagi urushayotgan tomonlarning yarashtirish markazi (SPVS) xabariga tayangan holda xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, buning inkor qilib bo‘lmaydigan dalillari bir kun oldin Suriya qo‘shinlari tomonidan “Hayat Tahrir ash-Shom”* guruhi jangarilariga hujum qilganida olingan.
“Suriya hukumati kuchlarining Serakibning g‘arbiy qismida harakatlanishiga xalaqit berish va keyinchalik ularni kimoviy qurol ishlatganlikda ayblash maqsadida 2-martga o‘tar kechasi 15 kishigacha bo‘lgan bir guruh terrorchilar zaharli kimoviy moddalar bilan to‘ldirilgan idishlarni portlatishga urinishdi”, - deyilgan xabarda.
Suriyadagi urushayotgan tomonlarning yarashtirish markazi (SPVS) ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar idishlarning birini zichligini buzgan va kimoviy moddalar sizib chiqishi sodir bo‘lgan.
“Natijada terrorchilar o‘q-dorilarni portlata olmay hamda provokatsiyani amalga oshira olmay, kuchli kimoviy zaharlandilar", - deb qo‘shimcha qilingan xabarda.
Markazda, shuningdek, harbiylar voqeani tasdiqlovchi barcha ma’lumotlarga ega ekanligini va yaqin kelajakda e’lon qilinishini ta’kidladilar.
Idlibda vaziyat “Hayat Tahrir ash-Shom”* terrorchilari 27-fevralda Suriya hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujumni boshlagandan keyin keskinlashdi. Suriya armiyasi javob o‘ti ochdi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.