Sergelida mast haydovchi piyodani urib yuborib, ikkita avtomobil bilan to‘qnashdi

YTH natijasida “Kobalt” haydovchisi va 29 yoshli piyodalar tan shikastlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilishgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Mast haydovchi Sergeli tumanida piyodani urib yuborib, ikkita avtomobil bilan to‘qnashdi. Bu haqda Toshken shahar IIBB xabar qildi.

Haydovchi urib yuborgan YPX inspektorlaridan biri kasalxonaga yotqizildi

24 fevral kuni soat 22.40 da Sergeli tumani Lutfikor ko‘chasida mast “Matiz” avtomobil haydovchisi 49 yoshli A.T. yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.

So‘ngra 27 yoshli R.E.ning “Kobalt” va 29 yoshli Ikrom X.ning “Spark” avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

YTH natijasida “Kobalt” avtomobili haydovchisi va 29 yoshli piyoda N.S.lar tan shikastlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilishdi.