Mart oyida Seuldan Toshkentga faqat 4 ta parvoz amalga oshiriladi

Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga sarosimaga tushmasdan, vatanga qaytishning maqsadga muvofiqligini yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekistonTashqi ishlar vazirligi mamlakatning Koreyadagi elchixonasi o‘z veb-saytida 2020-yil mart oyida Seuldan Toshkentga uchadigan aviareyslar jadvalini e’lon qilganini ma’lum qildi.

Elchixona Koreyadagi o‘zbekistonliklarga vataniga qaytishga shoshmaslikni tavsiya etdi

Quyidagi parvozlar amalga oshiriladi:

2020 yil 8-mart kuni – “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi;

2020 yil 15-mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyasi;

2020 yil 22-mart kuni – “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi;

2020 yil 29-mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyasi.

Toshkentga qaytgach yo‘lovchilar poytaxtdan tashqaridagi maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda bo‘lishlari, tegishli tekshiruvdan o‘tganidan keyin yashash joyiga qaytish uchun ruxsat berilishi eslatib o‘tilgan.

Aviachiptalar xarid qilish masalalari bo‘yicha +82 2 754-1041  (KORUZBEK AGENCY) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

“Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga sarosimaga tushmasdan, vatanga qaytishning maqsadga muvofiqligini yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi. Chunki Koreya Respublikasi Hukumati tibbiyot sohasida ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda va kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga bepul malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya rasmiy idoralarining virus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha talablariga qat’iy amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rish zarur.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1 martdan Janubiy KoreyaYaponiya va Italiya, Eron va Afg‘onistonga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan edi.