Eronda koronavirus yuqtirgan yuqori lavozimli amaldor vafot etdi

Agentlik amaldor koronavirus yuqtirib olganini ta’kidlagan. 1-mart kuni u Tehrondagi kasalxonaga yotqizilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Eronda Muvofiqlik kengashi (Eron oliy rahbari qoshidagi kengash organi) a’zosi Muhammad Mirmuhammadiy vafot etdi. Bu haqda Fars agentligi xabar qilmoqda.

Eron vitse-prezidenti koronavirusga chalingani aniqlandi

O‘limning aniq sababi aytilmayapti. Biroq agentlik avvalroq amaldor koronavirus yuqtirib olganini ta’kidlagan. 1-mart kuni u Tehrondagi kasalxonaga yotqizilgan.

Mirmuhammadiy 72 yoshda edi. Hayoti davomida u ikki marotaba Qum provinsiyasidan Eron Majlisiga (parlamentiga) deputat etib saylangan.

Eron Xitoydan tashqarida koronavirus avj olgan yetakchi davlatlardan biri sanaladi.  

1 mart kuni Eronda yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 987 kishiga yetgani xabar qilindi, ulardan 54 nafari vafot etgan.