Elektr hisoblagichlarni qiyoslash xarajatlari tashkilotlar hisobidan qoplanadi

Qarorga ko‘ra, elektr hisoblagichlar DXMlar orqali faqat hisoblagichning sozligi yoki qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tasniflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda qiyoslashdan o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 1-martdan elektr hisoblagichlarni qiyoslash xarajatlari qiyoslashdan o‘tkazgan tashkilotlar hisobidan qoplanadi. Bu Hukumatning 111-sonli qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-martdan boshlab:

Yil oxiriga qadar aholi 7 million zamonaviy elektr hisoblagichlari bilan ta’minlanadi

- elektr energiyasining barcha iste’molchilariga elektr hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarga murojaat qilish huquqi berildi;

- ushbu tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilinganda, qiyoslashdan o‘tkazish xarajatlari mazkur tashkilotlarning hisobidan qoplanadi.

Qarorga ko‘ra, elektr hisoblagichlar DXMlar orqali faqat hisoblagichning sozligi yoki qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tasniflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda qiyoslashdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, 2020-yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari tarkibida  temir-beton tayanchlari, metall va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish sexlari va qurilish bo‘linmalari tashkil etiladi.