TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Denovda uy olmoqchi bo‘lgan ayolni katta pulga chuv tushirishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, G.M. ismli ayol Uzun tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ayol o‘z arizasida 2013-yil iyun oyidan 2018-yil may oyiga qadar “Tojikobod” mahallasida yashovchi X.N. uning ishonchiga kirgani va Denovda qurilayotgan namunali uylardan sotib olib berishini va’da qilganini bayon qilgan.
Ayolning ma’lum qilishicha, fuqaro uning 4 ming dollar, 35 890 000 so‘m va 8 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘zlashtirib yuborgan.
Hozirda firibgarga nisbatan tegishli modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.