Jeki Chan koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga tushdi – haqiqatmi yoki feyk?

Qator xorijiy OAVlar Gollivud aktori Jeki Chan shaxsiy bazmlardan birida ishtirok etganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berishdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Mashhur aktor va rejissor Jeki Chan koronavirus bilan kasallanganligi va u karantinga yotqizilgani haqidagi ma’lumot feyk bo‘lib chiqdi.

Olimlar koronavirusning manbai Xitoy emas deb hisoblashmoqda

Kuni kecha qator xorijiy OAVlar guyoki Gollivud aktori Jeki Chan shaxsiy bazmlardan birida ishtirok etganidan keyin shifoxonaga yotqizilgani to‘g‘risida xabar qilishdi. Keyinchalik, bu tadbir mehmonlaridan biri, 48 yoshli politsiya zobitiga COVID-19 virusi tashxisi qo‘yildi. Politsiyachi bilan ehtimol muloqot qilgan 59 kishi karantinga jo‘natildi, deb yozilgan xabarda.

Bu haqda xorijiy nashrlar Sputnik Ispaniya'ga asoslanib yozishdi. Biroq, bu agentlikning xabarida yozilishicha, Jeki Chan kasallangani haqida ma’lumot haqiqat emas.

"Kulgili tomoni shundaki, aktor bu kechada, 48 yoshli politsiyachida koronavirus aniqlangan joyda ham bo‘lmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda mehmonlardan biri Chan ular bilan birga bo‘lganligi aytilgan video feyk bo‘lib chiqdi. Aslida aktor boshqa tadbirda bo‘lgan”, - deyilgan Sputnik Ispaniya maqolasida.

8Days yangiliklar portalining jurnalistlari surishtiruv o‘tkazib, aktor va bemor politsiyachi har xil tadbirda bo‘lishgani aniqlashdi. Politsiya zobiti Gonkongning g‘arbiy qismida joylashgan restoranda bo‘lgani, Jeki Chan esa do‘stlari bilan Yau Yat Chuen Garden City klubida bo‘lgan ekan. Ushbu tungi klublar bir-biridan yarim soatlik yo‘l masofasida joylashgan.