Buxoroda shu kungacha yaroqsiz hisoblangan gaz qudug‘i ishga tushdi

Quduq qayta ishga tushishi natijasida sanoat miqyosida kunlik 70 ming kub metr gaz qazib olinishiga erishilmoqda.  
Sputnik

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Buxoroda  “O‘zbekneftgaz” AJ Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Kalta-kir” gaz konidagi shu kungacha yaroqsiz bo‘lgan 8-sonli gaz qudug‘i qayta ta’mirlanib, ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor yer yorish orqali neft qazish hajmi oshiriladi

Quduqda suv yo‘llarini yopish ishlari bajarilib, 1084-1081 metr intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari o‘tkazilgan. Natijada quduqni sanoat miqyosida kunlik 70 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

Ma’lumot uchun, "Kalta-kir" gaz koni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan bo‘lib, 2006-yilda ishlatishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” biroz oldin yerni yorish uslubida foydalanish to‘xtatilgan quduqlardan neft olishni boshlagani haqida xabar qilgan edi.