Ukraina O‘zbekiston bilan muntazam qatnovlarni tiklashdan manfaatdor

Ukraina infratuzilma vaziri o‘rinbosari Oleg Yushenko mamlakat O‘zbekiston bilan muntazam qatnovlarni tiklashdan manfaatdorligini bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Ukraina O‘zbekiston bilan muntazam qatnovlarnini tiklashdan manfaatdor.

Bu haqda Ukraina infratuzilma vaziri o‘rinbosari Oleg Yushenko O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Abdualiyev Alisher bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Yushenkoning ta’kidlashicha, Ukrainaning aviatsiya trasport sohasida siyosati hamkor davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan yo‘lovchi tashish bozorini erkinlashtirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Ukrainaga charter aviaqatnovni yangilay olmadi

“Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida havo aloqasi va havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi amaldagi bitim doirasida Ukraina har bir tomon uchun haftasiga yetti marta Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam qatnovlarni imkon qadar tezroq tiklashdan manfaatdor”, - dedi ukrainalik amaldor.

Abdualiyev, o‘z navbatida, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida tranport infratuzilmasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u ikki mamlakat o‘rtasidagi havo aloqalarining tezroq tiklanishiga umid bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan Kiyevga qatnovlar 2015-yilda ikki mamlakat aviatsiya sohasi ma’murlari o‘rtasida kelishuvlar mavjud bo‘lmaganligi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi.

2019 yil oktabrida qatnovlar qayta tiklanishi kerak edi, ammo Ukraina tarafi so‘nggi lahzada o‘z qarorini bekor qilganligi haqida ariza yo‘llagan edi.