O‘zbekiston Ukrainaga charter aviaqatnovni yangilay olmadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii Nodrwind
Samolet aviakompanii Nodrwind  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda Charter Flights Group rahbariyati Kiyevda bo‘lib, Ukraina aviatsiya sohasi ma’murlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. Toshkent-Kiyev-Toshkent aviatsiya aloqasi qayta tiklanishi amalga oshmadi, deb xabar berdi kompaniya vakili RIA Novosti agentligiga.

Reysga chipta xarid qilgan qator yo‘lovchilar bugun o‘z ijtimoiy tarmoqlarida parvoz tashkilotchilari pul mablag‘larini qaytarishni boshlaganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotni tarqata boshladilar.

“Biz ukrainalik taraf bilan barcha zarur hujjatlarni kelishib, parvozlar jadvalini tasdiqlatib ham olgandik. Chiptalar sotuvi boshlangan edi. Ammo aviaqatnovning bevosita ochilishidan oldin ruxsatnoma bekor qilinganligi to‘g‘risida Kiyevdan xabar oldik”, - dedi Charter Flights Group xodimi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, ayni paytda uning rahbariyati Kiyevda bo‘lib, Ukraina aviatsiya sohasi ma’murlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

“Umid qilamizki, parvozlar qayta tiklanadi”, -  qo‘shimcha qildi suhbatdosh.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati aniqlashtirishicha, charter asosida tashishlar shartnomasiga ko‘ra, aviakompaniya reyslarni amalga oshirish uchun samoletlar va ekipajni taqdim etadi, qolgan masalalar esa charter tashkilotchilari mas’uliyati ostida qoladi.

Eslatamiz, “O‘zbekiston havo yo‘llari” joriy yil 5-oktabrdan Toshkent-Kiyev-Toshkent aviaqatnovi qayta tiklanayotganligi haqida sentabrda ma’lum qilgandi.

2015 yil 5-maydan boshlab ukrainalik aviakompaniya narxlarni shakllantirishda demping siyosatini olib borganligi tufayli Kiyevga qatnovlar to‘xtatilgandi. Ukraina tomonidan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyasi ham o‘z qatnovlarini bekor qildi. Bu davlatlar o‘rtasidagi yagona mavjud yo‘lovchilik aviareys edi.

2014 yil iyunda O‘zbekiston va Ukraina aviatsiya sohasi ma’murlari o‘rtasida har tarafdan haftasiga ikkitadan reys qo‘yilishi yuzasidan, ya’ni slotlar paritetini tasdiqlovchi hukumatlararo kelishuv imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0