Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Yakkasaroy tumani “Yunus Rajabiy” mahallasida ko‘p yillik 81 ta daraxtlarning kesilganligi holati yuzasidan tekshirish o‘tkazildi.
Natijalariga ko‘ra Yakkasaroy tumani hokimligi va “B. And S.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 198-moddasi (Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchilarga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan
Tergov davomida jami 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m miqdorda yetkazilgan zarar undirilishi ta’minlandi.
Ilgari tadbirkor daraxtlarni noqonuniy kesib tashlagan yerda 150 ta yangi daraxt kӯchatlari ӯtqazilmoqda.