TOShKENT, 22 fev - Sputnik. O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mahalliy internet segmentlarida tarqatilgan pensiya yoshining oshirilishiga doir mish-mishlarga izoh berdi.
"So‘nggi paytlarda internetda va boshqa manbalarda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi ehtimoli haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Men ularning bir nechtasini shaxsan o‘qidim. O‘ylashimcha, ushbu masalaga oydinlik kiritishning ayni payti: hozirgi davrda pensiya yoshini oshirish ko‘zda tutilmagan", - deb yozgan o‘zining Tvitterdagi sahifasida Qo‘chqorov hamda ushbu mavzuda Moliya Vazirligi tomonidan batafsil ma’lumot berilishini qo‘shimcha qilgan.
Sal oldin Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan pensiya yoshi oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirgan edi.
Qayd etilishicha, hozirda xorijiy mamlakatlarda pensiya ta’minotini, shu jumladan 3 bosqichli ta’minoti pensiya tizimini tashkil qilish tajribalari o‘rganilmoqda. Ishlab chiqilayotgan Konsepsiya loyihasida aholini ijtimoiy himoya mustahkamlashga xizmat qilib, asosiy e’tibor pensiya miqdorini oshirishga, iqtisodiy faol aholini ijtimoiy sug‘urta tizimi orqali qamrovini kengaytirishga qaratiladi.