O‘zbekiston aviatsiya traffigining deyarli yarmi Rossiyaga to‘g‘ri keladi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda trafikning qariyb 40 foizi Rossiya bilan bog‘liq bo‘lib, bu mamlakatdagi eng mashhur yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Rossiya O‘zbekistondagi eng mashhur aviatsion yo‘nalishdir, 2019-yilda o‘zaro yo‘lovchi tashish hajmi 2,2 million kishini tashkil etdi, bu respublikadagi umumiy havo transportining qariyb 40 %ini tashkil etadi, dedi Lufthansa Consulting ning Rossiya Federatsiyasi va MDHdagi doimiy vakili Asxat Torshin.

"Hozirda O‘zbekiston transport oqimining 40 foizga yaqini Rossiya bilan bog‘liq. Bu mamlakatning eng mashhur yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda", dedi Torshin Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Uzbekistan Airports, Aviation and Logistics forumida.

Forumda Lufthansa Consulting tomonidan taqdim etilgan sharhga ko‘ra, so‘nggi sakkiz yil ichida O‘zbekistonda havo qatnovi 36 foizga o‘sdi va 2019-yilda 5,8 million yo‘lovchini tashkil etdi, shu jumladan Rossiya shaharlariga 2,2 million kishi. Moskva eng mashhur yo‘nalish bo‘lib qolmoqda - o‘tgan yili 1,3 milliondan ortiq yo‘lovchi.

UzAirways va UzAirports: 2020-yil mamlakat aviatsiya sohasida tub burilish yili bo‘ladi

Sharhda ko‘rsatilishicha, 2019-yilda "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining ustun mavqeyi (70%) holatida, Rossiyaning "Aeroflot" va "YuTeyr" aviakompaniyalarining O‘zbekiston aviabozoridagi ulushi mos ravishda 6,6% va 5,4% ni tashkil etdi. "Rossiya aviatashuvchilari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tijorat reyslari sonini ko‘paytirish va to‘siqlarni kamaytirishdan manfaatdordirlar", - dedi Torshin.

Lufthansa Consulting mutaxassislarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi aviatsiya bozorini liberallashtirish va havo transportini rivojlantirishning jiddiy dasturi, boshqa mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarning bozorga chiqishi sababli aviatsion oqimda «O‘zbekiston havo yo‘llari” ning ulushini 40-50 foizga qisqarishiga olib keladi.

Monopolist aviatashuvchi, milliy aviakompaniya – to‘laligicha davlatga tegishli bo‘lgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" 90-yillarning boshlaridan beri O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmoqda. Aviakompaniya tarkibiga mamlakatdagi barcha 11 fuqarolik aeroportlari kiritilgan.

2018 yil noyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aviakompaniyani qayta tashkil etish va uning asosida alohida aksiyadorlik jamiyatlari - Uzbekistan Airways, shuningdek, O‘zbekiston ayeroportlarini boshqarish uchun Uzbekistan Airports tashkil etish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. 2019-yil davomida qayta tashkil etish jarayoni yakunlandi. Yanvar oyida O‘zbekiston hukumati ichki va mintaqaviy bozorlarda ishlaydigan yangi Humo Air aviakompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror chiqardi.