Birgina suv osti kemasi Amerikani "odam yashamaydigan" qilishi mumkin - OAV

AQSh OAVi dunyoni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan beshta suv osti kemalarini sanab o‘tdi. Ular orasida 2ta AQSh va 3ta Rossiya suv osti kemalari mavjud.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev - Sputnik. AQShning The National Interest nashri insoniyatni yo‘q qilishi yoki uni dunyoning yakuniga yaqinlashtirishi mumkin bo‘lgan, hozirda mavjud yoki hozirda loyihalashtirilayotgan beshta yadroviy suv osti kemasi ro‘yxatini e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Rossiyaning boshqa yadroviy kuchlari "birinchi zarbada" yo‘q qilingan taqdirda ham, "Borey" loyihasi suv osti kemalaridan uchirilgan raketalar Amerikani "odam yashamaydigan" qilishga qodir, - deb yozadi nashr.

Maqola mualliflari, Sovuq urush davrida Amerikaning "Ogayo" tipidagi suv osti kemasi "yarim soat ichida 288 ta nishonni radioaktiv kulga aylantirishga" qodir bo‘lganligini esga soladi. Nashr, shuningdek, Amerikaning istiqbolli "Kolumbiya" yadroviy suv osti kemasini yana bir dahshatli suvosti kemasi deb nomlanadi, uning qurilishi 2020-yilda boshlanishi kerak.

National Interest AQSh Rossiyaga qarshi qanday qurol bilan jang qilishini aytdi

Nashr shuningdek, "ballistik raketalar bilanjihozlangan, Rossiyaning eng jimurar suv osti kemasi" - bortida R-30 "Bulava" raketalari bo‘lgan 955A Borey-A loyihasining suv osti kemasini, "Sineva" ballistik raketalari bilan jihozlangan 667BDRM loyihasining "Delfin" suv osti kemasini va 885M loyihasining "Kalibr" kompleksining ZM-14 qanotli raketalari bilan jihozlangan "Yasen" suv osti kemalarini esga oldi.

Oldin The National Interest jurnalining yozishicha, Rossiyaning boshqa yadroviy kuchlari "birinchi zarbada" yo‘q qilingan taqdirda ham, Rossiyaning "Borey" loyihasi suv osti kemalaridan uchirilgan raketalar Amerikani "odam yashamaydigan" qilishga qodir.

Hozirda, davlat qurollanish dasturiga ko‘ra, Rossiya harbiy-dengiz kuchlari manfaatlari uchun  "Borey" sinfidagi sakkizta suv osti kemasini qurish rejalashtirilgan. Ulardan uchtasi qurilib, suv osti floti tarkibiga kiritilgan: "Yuriy Dolgoruky", "Aleksandr Nevskiy" va "Vladimir Monomax". To‘rtinchi suv osti kemasi "Knyaz Vladimir" yurish sinovlaridan o‘tmoqda.

Birgina suv osti kemasi Amerikani "odam yashamaydigan" qilishi mumkin - OAV