TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Hokimlarning tele va radiokanallar orqali xalqqa hisobot taqdim etishi tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Bu haqdagi petitsiya “Mening fikrim” ortaliga joylashtirilgan.
Uning muallifiga ko‘ra, ushbu tartibning joriy etilishi esa jamoatchilik orasida nazoratning kuchaytirilishiga turtki bo‘ladi.
E’tiborlisi, efir vaqtida murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etiladi, muammolari jonli efir vaqtida inobatga olinadi, yoki yechim topiladi.
Bundan tashqari xalq bilan samarali muloqot tashkil etiladi, ularga islohotlar mazmuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlar orqali yetkaziladi, rahbar xodimlar, hokimlarning mas’uliyati ortadi.
“Shu sababli viloyat va tuman (shahar) hokimlarining tele va radiokanallar orqali xalqqa har chorakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobot taqdim etib borish amaliyotini joriy etishni taklif qilaman”, - deyilgan taklifda.