Toshkent viloyatida avtoradarlar 40 mingdan ortiq qoidabuzar haydovchini aniqladi

Yil boshidan viloyat hududida avtoradarlar orqali jami 40 mingdan ortiq holatda tezlikning meyoridan oshganligi aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Hozirgi kungacha viloyat hududida avtoradarlar orqali jami 40120 ta holatda tezlikning meyoridan oshganligi aniqlangan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Toshkentda yangi turdagi mobil radarlar tizimi joriy qilinadi

Qayd etilishcha, Toshkent viloyatida tezlikni belgilangan meyoridan oshirish oqibatida sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida  zamonaviy, onlayn rejimida ishlovchi avtomashinaga o‘rnatilgan radarlar faoliyat yuritmoqda.

Xususan, joriy yilning 1-yanvaridan hozirgi kunga qadar viloyat hududida jami 40120 holatda tezlikning meyoridan oshganligi avtoradarlar orqali aniqlangan.

Shuningdek, holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, “O‘zbekiston pochtasi”ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzar haydovchilarning manziliga jo‘natilgan.