Rustam Emomali Dushanbedagi Navro‘z bayramiga Toshkent hokimini taklif qildi

Emomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, Dushanbe shahri raisi Toshkent hokimiga Navro‘z bayramida ishtirok etishi uchun taklifnoma yo‘lladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Tojikiston poytaxti raisi Rustam Emomali Toshkent hokimini Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Navro‘z bayramida ishtirok etishini so‘rab, taklifnoma yo‘lladi. Bu haqda Sputnik Tojikiston TojikTA ma’lumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.

Rustam Emomaliga Tashkent City᾽ni ko‘rsatishdi

Xabarda yozilishicha, Rustam Emomali Dushanbedagi Navro‘z bayramida ishtirok etishlari uchun Tojikiston poytaxti birodarlashgan dunyoning 17 ta shaharlari hokimlariga taklifnoma yuborgan.

Uning taklifnomalari Lusaki (Zambiya), Sana (Yemen), Monastira (Tunis), Lahor (Pakistan), Klagenfurt (Avstriya), Boulder (AQSh) va Roytlingen (Germaniya) hamda Mazori Sharif (Afg‘oniston), Tehron (Eron), Sheroz (Eron), Sankt-Peterburg (Rossiya), Minsk (Belarus), Urumchi (Xitoy), Anqara (Turkiya), Samen (Xitoy), Ashxobod  (Turkmaniston) va Chindao (Xitoy).

“Qolaversa, Rustam Emomali Moskva va Toshkent ma’muriyatlariga taklifnoma yo‘llagan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali ilk xorijiy tashrifini Toshkentga amalga oshirgan edi. U ushbu tashrifni ramziy ma’noga ega deb aytgandi. Tashrifi davomida Toshkent shahar hokimi bilan muzokaralar o‘tkazib, Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi.